O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva holatini o‘rgangan oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi

Mazkur bino yarim asr davomida kapital ta’mirlanmagan. 16 ta qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatib kelgan.

Saida Mirziyoyeva holatini o‘rgangan oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi

1972-yilda qurilgan Urgut tumanining “Bahrin” mahallasidagi 21-sonli oilaviy poliklinika 16 ta qishloq aholisi — 13 mingdan ortiq fuqaroga xizmat ko‘rsatib kelgan. Mazkur bino uzoq yillar davomida kapital ta’mirlanmagan.

 

 

Avvalgi sharoitlarda binoda namlik, eskirgan derazalar va tomdan suv o‘tishi kabi muammolar mavjud bo‘lgan. Shunga qaramay, poliklinika hudud aholisi uchun yagona tibbiy muassasa sifatida faoliyat yuritgan.

 

2025-yil dekabr oyida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu holatni joyiga chiqib o‘rgangan.

 

Shundan so‘ng poliklinika binosi to‘liq rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha korpus barpo etildi hamda 20 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi tashkil etildi. Yangilangan muassasada aholiga zamonaviy sharoitlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

 

Prezident administratsiyasi rahbari Samarqandga tashrifi chog‘ida yangilangan poliklinikaga tashrif buyurdi. Muassasada tug‘ilgan ilk chaqaloq — Shavkatjonni ko‘rdi. 

 

Saida Mirziyoyeva buni amalga oshirilayotgan ishlarning xayrli ekaniga ishora sifatida baholagandi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"