Madaniyat

"Yalla" nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi

Toshkentdagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Yalla" nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi

Toshkent shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab o‘quvchilari va pedagoglar ishtirok etdi.

 

 

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining PQ-137-son qaroriga muvofiq, mazkur ta’lim muassasasiga Farrux Zokirov nomi berilgani ma’lum qilingan edi.

 

Uchrashuv davomida ishtirokchilar maktab faoliyati, dars jarayonlari va ijodiy muhit bilan tanishdi. Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda soha vakillari ham qatnashdi.

 

 

Tadbir yakunida maktabda badiiy-pedagogik kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

Jumladan, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kapital ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, Farrux Zokirov ijodiy merosini notalashtirish va chop etish, shuningdek, “Yalla” nomli bolalar ansamblini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Bundan tashqari, Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda “ustoz-shogird” an’analari asosida estrada yo‘nalishi bo‘yicha ijrochilik mahorat maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, maktabda yozgi to‘garak tashkil etilib, hududlardagi bolalar musiqa va san’at maktablarining 3 nafardan eng iqtidorli o‘quvchilarini mazkur to‘garakka jalb etilishi belgilandi.

 

 

Yozgi to‘garakning iqtidorli 5 nafar o‘quvchilari hamda ularning o‘qituvchi va konsertmeysterlarining nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjetidan qoplanishi qayd etildi.

 

 

 2026-2027-yillarda tajriba-sinov tariqasida xalqaro nufuzli tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan Maktab va yozgi to‘garak o‘quvchilari (jamoalari) hamda ularni tayyorlagan o‘qituvchi (konsertmeyster) quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilandi.

 

 

Umumxalq bayram dasturlari va yuqori darajadagi anjumanlarning badiiy qismida Maktab va yozgi to‘garakning iqtidorli o‘quvchilari hamda ijodiy jamoalarining ishtirok etishi rejalashtirildi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.