Jahon

AQSH Eronga zarba berdi, Tehron bunga javob qaytardi

O‘zaro hujumlarga qaramasdan Donald Tramp sulh hali ham amalda ekanini bildirdi.

AQSH Eronga zarba berdi, Tehron bunga javob qaytardi

AQSH va Eron payshanba kuni o‘zaro harbiy zarbalar almashdi. Bu 7-apreldan buyon amal qilib kelayotgan sulh uchun eng jiddiy sinov sifatida baholanmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, Eron harbiylari AQSHni Hormuz bo‘g‘ozidagi ikki kemaga va Eron hududlariga zarba berishda aybladi. Tehron ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar Keshm oroli hamda Bandar Xamir va Sirik atrofidagi hududlarda amalga oshirilgan.

 

Bunga javoban Eron AQSHning Hormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismi va Chobahor porti yaqinidagi harbiy kemalariga hujum qilganini ma’lum qildi. Eronning “Xotam al-Anbiyo” markaziy shtabi vakili zarbalar natijasida “katta talafot yetkazilganini” iddao qildi.

 

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) esa Eron tomonidan raketalar, dronlar va kichik katerlar yordamida uchta AQSH esminesi nishonga olinganini bildirdi. Shu bilan birga, Vashington Eronning raketa va dron obyektlariga javob zarbalari berilganini ma’lum qildi.

 

“CENTCOM mojaroning yanada keskinlashuvini istamaydi, biroq AQSH kuchlarini himoya qilishga tayyor”, — deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp esa vaziyatga izoh berar ekan, sulh hali ham saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

 

“Bugun ular biz bilan o‘ynashishga urindi. Biz esa ularni yakson qildik”, — dedi Tramp jurnalistlarga.

 

Keyinroq Eronning Press TV telekanali Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi hududlarda vaziyat yana me’yorlashganini xabar qildi.

 

Tomonlar o‘rtasidagi keskinlik Vashington Tehronning yangi tinchlik taklifiga javobini kutayotgan bir paytda yuz berdi. AQSH taklifida urushni rasman yakunlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, Eron yadroviy dasturi va Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi kabi asosiy masalalar ochiq qolmoqda.

 

Tramp muzokaralar davom etayotganini bildirib, Eron yadroviy qurolga ega bo‘la olmasligi bo‘yicha prinsipial kelishuv mavjudligini aytdi.

Shuningdek, yangi harbiy to‘qnashuvlar fonida jahon energetika bozorlarida ham keskin reaksiya kuzatildi. Juma kungi Osiyo savdolarida AQSH neft fyucherslari narxi 3 foizgacha ko‘tarildi. AQSHda benzin narxlari esa fevral oxiridan buyon 40 foizdan ortiq qimmatlagani ma’lum qilindi.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"