Jahon

BAA Eronga yashirin hujumlar uyushtirgan — WSJ

AQSH BAAning urushga kirishini norasmiy tarzda ma’qullagan bo‘lishi mumkin

BAA Eronga yashirin hujumlar uyushtirgan — WSJ

Birlashgan Arab Amirliklari AQSH va Isroil o‘rtasidagi urush fonida Eronga qarshi bir qator yashirin hujumlar uyushtirgani haqida xabar berildi. Bu haqda Anadolu agentligi The Wall Street Journal maqolasiga tayanib xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, hujumlardan biri Eronning Lavan orolida joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga qaratilgan bo‘lib, u aprel oyi boshida zarbaga uchragan. O‘sha vaqtda AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv e’lon qilishi kutilayotgan edi. Zarba oqibatida yirik yong‘in yuz bergan va obyekt vaqtincha ishdan chiqqan.

 

Manbalarning bildirishicha, Eron mazkur hujumga javoban BAA va Quvayt hududlariga ballistik raketalar hamda dronlar yo‘llagan. Shuningdek, AQSH BAAning urushga kirishini norasmiy tarzda ma’qullagan bo‘lishi mumkinligi ham qayd etilgan.

 

WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Eron mintaqada eng ko‘p aynan BAAni nishonga olgan davlat bo‘lib, Fors ko‘rfazi mamlakatiga 2 800 dan ortiq raketa va dron hujumlari amalga oshirilgan.

 

Ushbu hujumlar BAA iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazib, ayrim sohalarda qisqartirish va majburiy ta’til holatlariga sabab bo‘lgan. Bu esa mamlakatning strategik qarashlarida o‘zgarishlarga olib kelgani aytiladi. 

 

Anonim Fors ko‘rfazi rasmiylari fikricha, BAA endilikda Eronni mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi “xavfli aktyor” sifatida baholamoqda.

 

BAA Tashqi ishlar vazirligi mazkur iddaolar yuzasidan izoh bermagan, biroq avvalgi bayonotlarga ishora qilib, mamlakat o‘ziga qilingan har qanday dushmanona harakatga javob berish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan.

 

Yaqin Sharq bo‘yicha tahlilchi Dina Esfandiyoriy esa WSJ’ga bergan izohida, Fors ko‘rfazi davlatlaridan biri urushayotgan tomon sifatida Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bergani muhim voqea ekanini qayd etgan. 

 

Uning fikricha, bu holat Tehronni BAA va mintaqadagi boshqa vositachi davlatlar o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqarishga undashi mumkin.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"