Siyosat

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stlik va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.



Suhbat davomida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi. Barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligi alohida ta’kidlandi.



Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.



Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"