O'zbekiston

O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi

Kreditlarni hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklar esa foiz to‘lovining 5 foizlik punktigacha kompensatsiya oladi.

O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi

O‘zbekistonda 2026-yil hosilidan boshlab fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Bu prezidentning 8-may kuni imzolangan “Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan. 

 

Farmonga ko‘ra, paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga ajratiladigan imtiyozli kreditlar foizlarining bir qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi. 

 

Shuningdek, dizel yonilg‘isi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, paxta xomashyosi yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovining 2,5 foizlik punkti qoplab beriladi. 

 

Kreditlarni hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklar esa foiz to‘lovining 5 foizlik punktigacha kompensatsiya oladi.

 

Shuningdek,bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovining 4 foizlik punkti qoplab beriladi.

 

Farmonga muvofiq, paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha ham foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. 

 

Bunda kredit stavkasining 8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktidan oshmagan qismi qoplab berilishi belgilangan.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.