Jahon

Qirg'izistonda Qamchibek Tashiyev ishi sudga oshirildi

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Tashiyevga nisbatan tayyorlangan ayblov xulosasini tasdiqlagan va ishni sudga yuborgan.

Qirg'izistonda Qamchibek Tashiyev ishi sudga oshirildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga oid jinoyat ishi sudga oshirildi. Bu haqda uning advokati Ikramidin Aytqulovga tayanib, 24.kg xabar berdi.

 

Advokatning bildirishicha, Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Tashiyevga nisbatan tayyorlangan ayblov xulosasini tasdiqlagan va ishni Bishkek shahridagi Birinchi may tuman sudiga yuborgan. Ish bo‘yicha sobiq amaldor bilan birga yana yetti kishi ayblanuvchi sifatida o‘tmoqda.

 

Qamchibek Tashiyev hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi maxfiylashtirilgan. Shu sababli sud majlislari yopiq tartibda o‘tkaziladi va tergov hamda sud jarayoniga oid ma’lumotlarni oshkor qilish taqiqlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Qamchibek Tashiyev joriy yil fevral oyida Qirg‘iziston MXDQ raisi lavozimidan ozod etilgandi. U o‘shanda ishdan bo‘shatilishini kutmaganini aytgan. Qirg‘iziston prezidenti esa Tashiyev davlat xizmatiga qaytmasligini bildirgan.

 

Jogorku Kenesh deputati Elvira Surabaldiyeva sobiq MXDQ rahbari davlat to‘ntarishiga urinishni tashkil qilgani sabab lavozimidan chetlatilganini ma’lum qilgandi.

 

Aprel oyining oxirida Tashiyevga rasman ikki modda bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ushbu ish doirasida sobiq bosh prokuror Kurmankul Zulushyev hamda parlamentning sobiq spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu ham Tashiyev bilan birga so‘roq qilingan.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.