Siyosat

O‘zbekiston MDH hududidagi huquqiy muloqotda ishtirok etdi

13-may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 35-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro huquqiy forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston MDH hududidagi huquqiy muloqotda ishtirok etdi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 35-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro huquqiy forumda O‘zbekiston nomidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov videomurojaat bilan so‘zga chiqdi.

 

          

Tadbirda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning davlat organlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etdi.

 

A. Saidov o‘z nutqida MDH davlatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, ishonch va hamkorlikni mustahkamlashning muhim mexanizmi sifatida xalqaro huquqiy muloqotning alohida ahamiyatini ta’kidladi. Hamdo‘stlik hududida inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish dolzarb ekanini qayd etdi.

 

Tadbir ishtirokchilari xalqaro huquqning barqaror rivojlanishni ta’minlash, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, shuningdek, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va adolatning umume’tirof etilgan tamoyillarini ilgari surishdagi o‘rniga e’tibor qaratdilar. 

 

 

Milliy huquqiy tizimlarni takomillashtirish, huquqiy ma’rifatni yoyish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini institutsional jihatdan mustahkamlash borasida tajriba almashish va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 

Forum MDH doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb huquqiy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, huquq va inson huquqlarini himoya qilish sohalaridagi zamonaviy muammolarni hal etish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ldi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"