O'zbekiston

Samarqanddagi “Oqbo‘yra” hududida kon portlatish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Joriy yilning 15-aprel kuni amalga oshirilgan tog‘-portlatish ishlari natijasida fuqarolarning uylariga zarar yetgan.

Samarqanddagi “Oqbo‘yra” hududida kon portlatish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi



Samarqand tumanidagi “Oqbo‘yra” turizm qishlog‘i hududida kon portlatish ishlari natijasida aholi hayoti va mol-mulkiga zarar yetgani, xavfsizlik talablariga rioya etilmaganligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.



Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 15-aprel kuni amalga oshirilgan tog‘-portlatish ishlari oqibatida fuqarolarning yashash uylariga zarar yetgan. Xususan, ayrim xonadonlarning tom qismiga toshlar kelib tushgan, devorlarda yoriqlar paydo bo‘lgan, eshik va oynalar shikastlangan. Shuningdek, aholi portlatish ishlari oldidan tegishli tartibda ogohlantirilmaganligi qayd etilmoqda.



Ta’kidlanishicha, mazkur hududda kon portlatish ishlari bilan bog‘liq muammolar ilgari ham kuzatilgan bo‘lib, aholi tomonidan texnik talab va xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasligi yuzasidan bir necha bor murojaatlar bildirilgan. Bu esa muammoning tizimli tus olganini ko‘rsatadi.



Holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Botirali Shodiyev tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.



So‘rovda kon portlatish ishlari ustidan nazorat, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, fuqarolar mulkiga yetkazilgan zararlarni aniqlash va qoplash, shuningdek, mazkur hududda ishlarni to‘xtatish yoki cheklash masalalari yuzasidan aniq ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.



Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish, kon portlatish ishlarining texnologik jarayonlarini takomillashtirish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham asoslantirilgan axborot berilishi talab etilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"