O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi

Qurbon hayiti arafasida 10 mingdan ortiq bolalarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, 2 mingga yaqin og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun mablag‘ ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Suhbat Qurbon hayiti arafasida va O‘zbekistonlik hojilar Haj amallarini ado etayotgan kunlarda bo‘lib o‘tdi. Prezident muftiy orqali muqaddas Makka shahrida bo‘lib turgan barcha hojilarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularning yurt tinchligi, xalq farovonligi hamda yoshlar baxt-saodati yo‘lida qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini tiladi.

 

Muloqotda keyingi yillarda Yangi O‘zbekistonda har yili 15 ming nafardan ziyod fuqaro Haj safariga yuborilayotgani qayd etildi. Bu yil esa ilk bor mehnat faxriylari, ularning oila a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda kam ta’minlangan oilalar vakillaridan iborat 100 nafar fuqaro davlat hisobidan Haj safariga jo‘natilgani ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari hojilarning salomatligi, kayfiyati va ibodatlarni bajarishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazar Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani, tashkiliy ishlar uyushqoqlik bilan olib borilayotganini bildirdi. 

 

Shuningdek, hojilar muqaddas maskanlarda turib mamlakat tinchligi va xalq farovonligi uchun duolar qilayotganini qayd etdi.

 

Suhbat davomida mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Xususan, Imom Buxoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi kabi maskanlar ajdodlar merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qilayotgani aytildi.

 

Xabarga ko‘ra, kuni kecha Qurbon hayitini O‘zbekistonda keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, xayriya va muruvvat tadbirlari o‘tkazilib, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, 10 mingdan ortiq bolada murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda 2 mingga yaqin og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan. Masjid va qabristonlarni obod qilish uchun ham alohida resurslar yo‘naltiriladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev hojilar yurtga qaytgach, islom ma’rifati va sog‘lom e’tiqodni yoshlar orasida targ‘ib qilish, mahallalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda namuna bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Suhbat yakunida davlat rahbari barcha hojilarga salom yo‘llab, ularning ibodatlari qabul bo‘lishini hamda Vatanga sog‘-omon qaytishlarini tiladi.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

custom img

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida bir kishi cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Marhumning jasadi cho‘kib ketganidan qariyb besh soat o‘tib topildi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"