Jahon

Afg‘onistonda endi 9 yoshli qizlarga turmushga chiqishiga ruxsat berildi

Tolibon rahbariyati ayollar huquqlari “Islom shariati asosida himoya qilinayotganini” ta’kidlagan.

Afg‘onistonda endi 9 yoshli qizlarga turmushga chiqishiga ruxsat berildi



Tolibon harakati qizlar uchun minimal nikoh yoshiga oid cheklovni bekor qildi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.



Afg‘onistonlik inson huquqlari faoli Xoriya Mosadiqning ma’lum qilishicha, yangi tartibga ko‘ra, agar qiz 9 yoki 10 yoshida balog‘atga yetgan deb hisoblanadigan bo‘lsa, u nikoh yoshiga yetgan sifatida qaraladi.



Tolibon hokimiyat tepasiga kelishidan avval mamlakat qonunchiligida qizlar uchun minimal nikoh yoshi 16 yosh etib belgilangan edi. Avvalroq, Tolibon yetakchisi tomonidan “Turmush o‘rtoqlarni ajratish tamoyillari” deb nomlangan 31 moddadan iborat hujjat tasdiqlangani, unda qizlar 12 yoshida turmushga chiqishlari mumkin va bunday nikohni bekor qilish deyarli imkonsizligi ma'lum qilingan edi.



Xalqaro nashrlar ayrim sunniy islom huquqi maktablarida balog‘at yoshi 9 yosh deb talqin qilinishini ham qayd etmoqda.



Tolibonning oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda avvalroq harakat afg‘on ayollarini “an’anaviy zulm”dan ozod qilgani va ularning huquqlari “Islom shariati asosida himoya qilinayotgani”ni ta’kidlagan edi. U, shuningdek, ayollar bilan bog‘liq muammolarni mamlakatdagi 20 yillik xorijiy harbiy ishtirok oqibatlari bilan izohlagan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.