Jahon

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: qurbonlar soni 500 nafardan oshdi

2026-yil 15 martdan 23 maygacha mamlakat bo‘ylab 62 mingdan ortiq kishida qizamiq alomatlari aniqlangan.

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: qurbonlar soni 500 nafardan oshdi

Bangladeshda qizamiq oqibatida vafot etganlar soni 500 nafardan oshdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Mamlakat sog‘liqni saqlash mas’ullariga ko‘ra, vafot etganlarning 86 nafarida qizamiq infeksiyasi tasdiqlangan, 426 nafar bolada kasallikka xos alomatlar kuzatilgan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda kasallik holatlari keskin oshib, shifoxonalar faoliyatiga jiddiy bosim tushirmoqda. Ayniqsa, qishloq hududlari hamda kam ta’minlangan aholi zich yashaydigan shaharlarda vaziyat og‘irlashgan.

 

Bangladesh Sog‘liqni saqlash xizmatlari bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 martdan 23 maygacha mamlakat bo‘ylab 62 mingdan ortiq kishida qizamiq alomatlari aniqlangan. Shundan 8,4 mingdan ziyodi laboratoriya orqali tasdiqlangan.

 

Mutaxassislar besh yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori xavf ostida ekanini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, emlanmagan yoki to‘liq vaksina olmagan bolalarda kasallik og‘ir kechayotgani qayd etilgan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avvalroq muntazam emlash darajasining pasayishi keng ko‘lamli epidemiya xavfini kuchaytirganini bildirgan.

 

Shundan so‘ng Bangladesh hukumati favqulodda qizamiq-qizilcha vaksinatsiyasi kampaniyalarini kengaytirib, tezkor tibbiy guruhlarni safarbar qilgan. Shuningdek, kasallik asoratlarini kamaytirish uchun A vitamini tarqatish hajmi ham oshirilgan.

 

“Qizamiq dunyodagi eng yuqumli kasalliklardan biri bo‘lsa-da, vaksinaning ikki dozasi orqali uning oldini olish mumkin”, deyiladi xabarda.

 

Aprel oyi boshida Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligi kamida 98 nafar bola qizamiq kasalligi oqibatida vafot etganini ma'lum qilgandi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"