Jahon

Hindistonda jazirama oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga ko‘ra, harorat 45 darajadan ham oshishi qayd etilmoqda.

Hindistonda jazirama oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi

 

Hindistonning janubidagi Telangana shtatida kuchli jazirama issiq oqibatida kamida 16 kishi issiq urishi sababli vafot etdi. Bu haqda shtat Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar vazirligi ma’lum qildi deydi TASS.



Rasmiylarga ko‘ra, hududda harorat keskin ko‘tarilib, 45 darajadan ham oshishi qayd etilmoqda. Shu munosabat bilan shtat hukumati favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni muhokama qildi hamda aholi uchun ogohlantirish e’lon qilgan.



Aholiga, agar o‘ta zarurat bo‘lmasa, kunduzgi vaqtda ochiq havoga chiqmaslik, issiqdan saqlanish hamda tegishli ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etilgan.



Hindiston meteorologiya boshqarmasining avvalgi ogohlantirishiga ko‘ra, Janubiy Osiyoning ushbu hududida issiq to‘lqini kamida 26-maygacha davom etishi kutilmoqda.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.