Jahon

Kongoda Ebola qurbonlari soni 200 dan oshdi

Mamlakatda 867 ta gumon qilingan infeksiya holati qayd etilgan.

Kongoda Ebola qurbonlari soni 200 dan oshdi

 

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola virusidan vafot etganlar soni 204 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirligi ma’lum qildi.


Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning sharqiy qismidagi Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu provinsiyalarida jami 867 ta gumon qilingan infeksiya holati qayd etilgan. Shundan 10 ta o‘lim va 91 ta holat laboratoriya tahlillari orqali tasdiqlangan.


Epidemiyaning asosiy markazi Uganda bilan chegaradosh Ituri provinsiyasi ekani bildirilmoqda. Mutaxassislar virus aholi orasida bir necha hafta avvaldan tarqalgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avvalroq ushbu epidemiya holatini xalqaro miqyosdagi sog‘liqni saqlash favqulodda holati deb e’lon qilgan edi.


Shuningdek, qo‘shni davlatlar — Uganda, Zambiya, Burundi, Tanzaniya va Ruanda tomonidan ham epidemiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilgan. Rossiya tomoni esa epidemiya tarqalishini jilovlashda xalqaro hamkorlik doirasida yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.