Jahon

Putin va To‘qayev Rossiya hamda Qozog‘iston do‘stligining asoslarini belgiladi

Hujjatda tarixiy mushtaraklik, iqtisodiy sheriklik, umumiy chegara va Yevrosiyo integratsiyasi kabi yo'nalishlar ko‘zda tutilgan.

Putin va To‘qayev Rossiya hamda Qozog‘iston do‘stligining asoslarini belgiladi

Rossiya va Qozog‘iston yetakchilari Vladimir Putin hamda Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikning yetti asosiy tamoyili haqidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda RBK xabar berdi.

 

Putinning Qozog‘istonga tashrifi 27-may kuni boshlangan bo‘lib, 29-maygacha davom etadi. Tashrif Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) sammitiga bag‘ishlangan.

 

28-may kuni Ostona shahrida Rossiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Vladimir Putinni shaxsan kutib oldi.

 

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, hujjatda ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. 

 

Jumladan, tamoyillar qatoriga tarixiy mushtaraklik va uni do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida xolis anglash, Yevrosiyo integratsiyasini rivojlantirish, mintaqada hamkorlik, xavfsizlik va muloqot makonini shakllantirish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlar kiritilgan.

 

Shuningdek, umumiy chegara, iqtisodiy sheriklik, til va madaniy xilma-xillikni umumiy boylik sifatida qadrlash, an’anaviy qadriyatlar va sivilizatsion yaqinlik, ta’lim almashinuvi hamda sport sohasidagi hamkorlik, shuningdek “kelajakka umumiy qarash” ham yetti asos qatoridan o‘rin olgan.

 

Muzokaralar davomida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ushbu bayonotning ahamiyatini alohida ta’kidladi:

 

“Bugun qabul qilinayotgan Qozog‘iston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikning yetti tamoyili haqidagi qo‘shma bayonot katta ahamiyatga ega. Ushbu hujjat o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi va ularni mustahkam hamda uzoq muddatli asosda chuqurlashtirishga bo‘lgan umumiy salohiyatimizni mustahkamlaydi”, — dedi To‘qayev.

 

Vladimir Putin esa Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga chiqqanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, tomonlar iqtisodiyot vа energetikadan tortib madaniy-gumanitar loyihalargacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oluvchi katta hajmdagi hukumatlararo, idoralararo va tijoriy bitimlar paketini tayyorlagan.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.