Jinoyat

Toshkent viloyatida suv nasosi ichidan 1 kgga yaqin sintetik giyohvand modda topildi

Ushbu shaxs internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.

Toshkent viloyatida suv nasosi ichidan 1 kgga yaqin sintetik giyohvand modda topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida suv nasosi qurilmasi ichiga yashirilgan sintetik giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda DXX Zamon.uz’ga xabar berdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda avvaldan kuzatuvda bo‘lgan, 1994-yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingan. Undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

 

Qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga qariyb 968 gramm “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davomida fuqaroning Toshkent shahri Yangihayot tumanida ijarada yashab kelgan xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan. Undan narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalanilgan 2 ta elektron tarozi, “zip” paketlar hamda skotchlar topilib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.