Jinoyat

Surxondaryoda mast holda tez yordam mashinasini boshqargan haydovchi 16 mln so‘m jarimaga tortildi

Shuningdek, u 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi.

Surxondaryoda mast holda tez yordam mashinasini boshqargan haydovchi 16 mln so‘m jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida tez yordam xizmatida ishlovchi haydovchining mast holda xizmat avtomobilini boshqargani aniqlanib, unga nisbatan sud qarori chiqarildi. Bu haqda Surxondaryo IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tuman tibbiyot birlashmasida haydovchi bo‘lib ishlagan 62 yoshli fuqaro 14-may kuni soat 21:10 atrofida o‘ziga biriktirilgan Damas rusumli xizmat avtomobilini spirtli ichimlik ta’sirida boshqargan.

 

O‘tkazilgan tekshiruvda haydovchi alkotester yordamida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Natijada uning organizmida 0,755 mg/l miqdorida alkogol borligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi haydovchini aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, u 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari — 16 million 480 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"