Jinoyat

Toshkentda o‘qituvchi talaba va uning tanishini o‘ldirdi

O‘qituvchi rashk sabab 2004-yilda tug‘ilgan talaba qiz va uning tanishi bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini pichoqlagani aytilmoqda.

Toshkentda o‘qituvchi talaba va uning tanishini o‘ldirdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 1998-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi tomonidan sodir etilgan qotillik oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Zamon.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 21-may kuni Toshkent davlat jahon tillari universitetida o‘rindoshlik asosida ishlovchi 1998-yilda tug‘ilgan erkak rashk sababli 2004-yilda tug‘ilgan talaba qiz va uning tanishi bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosiga pichoq bilan hujum qilgan.

 

Hodisa oqibatida Xitoy fuqarosi voqea joyida vafot etgan, talaba qiz esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilib, 23-may kuni vafot etgan. Talaba qiz universitetning talabalar turar joyida yashagan.

 

Holat yuzasidan Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.