O'zbekiston

Farg'onada chaqaloqning o'lik tug'ilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Tibbiy xulosaga ko‘ra, homiladorlik 38 haftalik bo‘lgan.

Farg'onada chaqaloqning o'lik tug'ilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi

 

Farg'ona viloyati Uchko‘prik tumanida chaqaloq o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda tuman tibbiyot birlashmasi rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 30-may kuni soat 00:00 da Olmurod MFYda yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan M.N. tug‘ruq og‘riqlari va qog‘anoq suvlari ketishi shikoyati bilan tuman tug‘ruqxonasiga murojaat qilgan. 31-may kuni soat 08:40 da bemor o‘lik chaqaloqni dunyoga keltirgan.

 

Tibbiy xulosaga ko‘ra, homiladorlik 38 haftalik bo‘lib, bu ikkinchi tug‘ruq holati hisoblanadi. Chaqaloq chanoq bilan, oyoq qismi orqali kelgan, jinsi qiz, vazni 3300 gramm, bo‘yi 50 santimetrni tashkil etgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi klinik protokollariga muvofiq, ayrim holatlarda kesarcha kesish amaliyoti tavsiya etiladi. Biroq mazkur vaziyatda bemorning ikkinchi tug‘ruq holati ekani hamda homila vazni taxminan 3100 gramm atrofida baholanganligi sababli tabiiy tug‘ruq yo‘li tanlanganligi bildirilgan.

 

Tug‘ruq jarayonida chaqaloqning oyoq qismi chiqqanidan so‘ng, yelka va bosh qismini chiqarishda tibbiy amaliyotlarda qo‘llaniladigan Lovset hamda Morisau–Smelli–Veyt usullari qo‘llangan. Biroq texnik murakkabliklar sabab chaqaloqning bosh qismini chiqarish qiyinlashgan va chaqaloq o‘lik holda tug‘ilgan.

 

Bildirilishicha, ko‘rsatilgan reanimatsion choralar natija bermagan.

 

Hozirda barcha tibbiy jarayonlar belgilangan klinik protokollar asosida amalga oshirilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi davom etmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.