Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Jizzaxdagi AES qurilishini boshlab beradi

Jizzax viloyatida katta quvvatli ikkita hamda har biri 55 megavatt quvvatga ega ikkita kichik energoblokdan iborat AES barpo etiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Jizzaxdagi AES qurilishini boshlab beradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4-iyun kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv doirasida videokonferensiya orqali Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi marosimida ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib, xabar berdi.

 

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining xorijiy mehmonlaridan biri sifatida qatnashadi. Shu munosabat bilan ikki davlat rahbarlari o‘rtasida 4-iyun kuni kechqurun Konstantin saroyida ikki tomonlama uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi.

 

Ushakov muzokaralar O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki qurilishiga start berish marosimi bilan boshlanishini bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida Jizzax viloyatida katta quvvatli ikkita hamda har biri 55 megavatt quvvatga ega ikkita kichik energoblokdan iborat AES barpo etiladi.

 

Marosimda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi, “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov va “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxodjayev ham ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Tadbir davomida loyiha bo‘yicha texnik tayyorgarlik yuzasidan hisobotlar tinglanadi va shundan so‘ng Rossiya hamda O‘zbekiston prezidentlari qurilish ishlarini rasman boshlashga ruxsat beradi.

 

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi joriy yil 3–6-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.