Jahon

Hanter Bayden yaxshi natijalarga erisha oladi — Tramp

AQSH prezidenti sobiq prezident Jo Baydenning o'g'li keyingi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan munosib nomzod bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Hanter Bayden yaxshi natijalarga erisha oladi — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenning kelajakdagi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan munosib nomzod bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan deb xabar beradi Ria novosti.

 

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Hanter Baydenning siyosiy istiqbollari haqida savolga javob bergan Tramp: “Menimcha, Hanter yaxshi natijalarga erisha oladi”, degan.

 

Trampning ushbu bayonoti Demokratlar partiyasida 2028-yilgi prezidentlik saylovlari uchun ehtimoliy nomzodlar atrofidagi muhokamalar kuchayib borayotgan bir paytda yangragan. AQSH rahbari Hanter Baydenning nomzod sifatidagi imkoniyatlariga ijobiy baho berar ekan, partiya ichidagi boshqa da’vogarlar ham ma’lum darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini qayd etgan.

 

Avvalroq Hanter Bayden ham siyosiy faoliyatini davom ettirishi mumkinligiga ishora qilgandi. Xususan, amaldagi vitse-prezident Jey Di Vens bilan ehtimoliy siyosiy raqobat haqida so‘ralganda, u “Ketdik”, deya javob qaytargan.

 

So‘nggi intervyularidan birida Hanter Bayden o‘tmishda giyohvandlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni boshdan kechirganini tan olib, 2019-yildan buyon yaxshi hayot kechirayotganini ma’lum qilgan. U AQSH tarixida amaldagi prezidentning jinoiy ayblovlarga duch kelgan ilk farzandi sifatida ham tilga olinadi.

 

Jo Bayden prezidentlik vakolatlari yakunlanishi arafasida o‘g‘li Hanter Baydenni afv etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. Mazkur qaror AQSH siyosiy doiralari va jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

 

Siyosiy kuzatuvchilar fikricha, agar Hanter Bayden kelajakdagi prezidentlik poygasida ishtirok etishga qaror qilsa, uning nomzodi Demokratlar partiyasi ichidagi eng ko‘p e’tibor qaratiladigan va bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan nomzodlardan biriga aylanishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hanter Baydenning qarzlari tufayli AQSHni tark etgani xabar qilingan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.