Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistonda AES qurilishiga start berdi

Qurilish ishlari xalqaro standartlar va XAEA nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistonda AES qurilishiga start berdi

 

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Oʻzbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlarini rasman boshlab berdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Marosimda telekoʻprik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi ham ishtirok etdi.

 

Oʻzbekiston rahbari loyiha amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlagani uchun Rossiya prezidenti hamda XAEA bosh direktori Rafael Grossiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizda ilk atom elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston va Rossiya mutaxassislarining fidokorona mehnati va yuksak malakasiga alohida eʼtirof etildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur loyiha Oʻzbekistonning texnologik, sanoat va ilmiy rivojlanishida muhim bosqich boʻlib, mamlakatda atom energetikasi sohasini shakllantirish uchun mustahkam asos yaratadi. Loyiha kichik modulli atom generatsiyasi hamda yirik energetika yoʻnalishidagi eng ilgʻor texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan.

 

Shavkat Mirziyoyev atom energetikasi sohasida xavfsizlik masalasi ustuvor ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, stansiyani qurish va foydalanishga topshirish ishlari eng yuqori xalqaro standartlar asosida hamda XAEAning doimiy nazorati ostida amalga oshirilayotganini qayd etdi.

 

Taʼkidlanishicha, ushbu strategik loyiha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.