Jahon

Afrikadagi Ebola epidemiyasi so‘nggi 50 yildagi eng yirik o‘choqlardan biriga aylandi

Kongo va Ugandada Ebola bilan kasallanishning 397 ta holati tasdiqlangan, virus oqibatida 63 kishi vafot etgan.

Afrikadagi Ebola epidemiyasi so‘nggi 50 yildagi eng yirik o‘choqlardan biriga aylandi

 

Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) Kongo Demokratik Respublikasi hamda Ugandada davom etayotgan Ebola epidemiyasi 1976-yildan buyon qayd etilgan to‘rtinchi eng yirik kasallik tarqalishi ekanini ma’lum qildi.

 

Tashkilot mutaxassislarining ta’kidlashicha, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ushbu epidemiya tarixdagi eng yirik Ebola o‘choqlari qatoridan joy olgan. Africa CDC vaziyatni “o‘ta jiddiy” deb baholamoqda.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mamlakatda Ebola virusi bilan kasallanishning 397 ta holati tasdiqlangan. Kasallik oqibatida kamida 63 kishi vafot etgan.

 

Epidemiyaning tarqalish zanjirini aniqlash maqsadida sog‘liqni saqlash xizmatlari tomonidan qariyb 10 ming nafar kontakt shaxs nazoratga olingan. Shundan 4341 nafari Kongo Demokratik Respublikasida, 5009 nafari esa Ugandada qayd etilgan.

 

Mutaxassislar epidemiyaning asosiy sababi sifatida Bundibugyo shtammi tarqalayotganini qayd etmoqda. Ushbu shtammga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.

 

Shu sababli bemorlarni izolyatsiya qilish, organizm suyuqliklarini tiklash, simptomatik davolash hamda og‘riqni kamaytirishga qaratilgan palliativ yordam asosiy choralar sifatida qo‘llanmoqda.

 

Africa CDC ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus terapiyaning mavjud emasligi epidemiyaga qarshi kurashni murakkablashtirmoqda va o‘lim holatlarini kamaytirishda tibbiy kuzatuv hamda qo‘llab-quvvatlovchi davolash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.