Jinoyat

Andijonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan IIB xodimi ushlandi

IIBning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektori 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.

Andijonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan IIB xodimi ushlandi

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi  tomonidan 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizning 3-iyun kuni yashash manzilidan chiqib ketib, qaytib kelmagani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida  Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori-ijtimoiy xodimi lavozimida ishlagan S.B voyaga yetmagan qizni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 4-iyun kuni S.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning tegishli ajrimi bilan gumonlanuvchi tariqasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakunda qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.