Jahon

AQSh va Eron yana bir-biriga zarba berdi

Eron AQSh harakatlariga javoban mintaqadagi “dushman bazalari”ga raketa hujumi uyushtirganini bildirdi.

AQSh va Eron yana bir-biriga zarba berdi

 

AQSh va Eron o‘rtasida Fors ko‘rfazi mintaqasidagi vaziyat yana keskinlashdi. Tomonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan sulhga qaramay, har ikki davlat bir-birining harbiy obyektlariga zarbalar bergani haqida xabarlar tarqaldi.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan Quvayt va Bahrayn yo‘nalishida uchirilgan yettita ballistik raketadan oltitasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan, yana biri esa nishonga yetib bormagan.

 

Bundan avval AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi hududida harakatlangan to‘rtta Eron dronini tutib qolganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng AQSh kuchlari Eronning Qeshm oroli va Goruk hududlaridagi qirg‘oq kuzatuv radar obyektlariga zarba bergan.

 

Quvayt va Bahraynda havo hujumi sirenalarning yangragani hamda portlashlar eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi. Quvayt harbiylari raketa va dron hujumlari qaytarilganini ma’lum qilgan.

 

O‘z navbatida, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQShning Eron hududlariga bergan zarbalariga javoban mintaqadagi “dushman bazalari”ga raketa hujumlari uyushtirilganini bildirdi.

 

CENTCOM esa hujumlar oqibatida amerikalik harbiylar orasida qurbonlar qayd etilmaganini, Bahrayndagi AQShning 5-floti bazasiga zarar yetkazilgani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

 

Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi Eronning raketa hujumlarini qoralab, buni mintaqa davlatlari suverenitetiga qarshi harakat sifatida baholagan.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, yangi keskinlik dunyoning muhim energetika yo‘laklaridan biri hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozidagi xavfsizlik va xalqaro energiya bozorlaridagi barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"