O'zbekiston

AQSHdagi o‘zbekistonliklar qonunlarga rioya qilishga chaqirildi

Nyu-Yorkdagi Bosh konsullik so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘payganini ta’kidladi.

AQSHdagi o‘zbekistonliklar qonunlarga rioya qilishga chaqirildi

 

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi AQSHda istiqomat qilayotgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarga murojaat yo‘llab, mahalliy qonunlarga qat’iy amal qilish hamda jamoat tartibi va xulq-atvor me’yorlarini hurmat qilish zarurligini eslatdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda ayrim O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi qonunbuzarlik holatlari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda. Konsullik bunday holatlar avvalo shaxsiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, shu bilan birga, butun o‘zbek diasporasining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Diplomatik vakolatxona AQSHda yashayotgan aksariyat vatandoshlar halol mehnat qilayotgani, ta’lim olayotgani, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani hamda O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini munosib namoyon etayotganini qayd etgan.

 

Shuningdek, yirik xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari davrida O‘zbekiston va uning fuqarolariga nisbatan jamoatchilik hamda OAV e’tibori yanada ortishi sababli fuqarolarning xatti-harakatlari alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

 

Bosh konsullik zarur hollarda huquqiy va konsullik yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirar ekan, vatandoshlarni mas’uliyatli bo‘lishga, mahalliy qonunchilik talablariga rioya etishga hamda O‘zbekistonning xalqaro nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHda 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlashda gumonlangan, noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"