Jinoyat

Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi

U firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning katta miqdordagi mablag‘larini qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi

2020-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgarlikda gumonlanuvchi ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxsning yashash joyi aniqlangan va u qo‘lga olingan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinmoqda. U o‘zi tashkil etgan MCHJ orqali xorijiy davlatlarga ishga yuborish uchun zarur litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni AQSH va Yevropa mamlakatlariga yuqori maoshli ishga joylashtirishni va’da qilgan.

 

Shuningdek, fuqarolar bilan turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzib, ularning ishonchiga kirgan holda katta miqdordagi mablag‘larni qo‘lga kiritgani va ushbu mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani aytilmoqda.

 

IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Turkiyada aniqlanib, qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.