Jinoyat

Samarqandda 14 yoshli qizni bosib ketgan haydovchi 6-yilga qamaldi

Sudlanuvchidan marhumaning oilasiga 140 million so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Samarqandda 14 yoshli qizni bosib ketgan haydovchi 6-yilga qamaldi

Samarqand shahrida 14 yoshli qizning o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 10-fevral kuni soat 14:15 atrofida Samarqand shahridagi Temiryo‘lchilar mahallasida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan qiz ukasi bilan velosiped uchish uchun mahalla ichki yo‘liga chiqqan.

 

Qayd etilishicha, qiz velosiped boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urilgan va qatnov qismiga yiqilgan. Shundan so‘ng shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi uni bosib ketgan. Oqibatda qiz og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur jinoyat ishi Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilgan. Sud tergovi davomida 26 yoshli haydovchi avval ham yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyat uchun javobgarlikka tortilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan hududda yuk avtomobillari harakati taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, haydovchi ushbu yo‘ldan foydalangani ma’lum bo‘lgan. Sudda e’lon qilingan xulosaga ko‘ra, haydovchida transport vositasini to‘xtatib qolish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan.

 

Sud hukmiga binoan, haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib, odam o‘limiga sabab bo‘lishda aybdor deb topilgan.

 

Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda 3 yil davomida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 

Bundan tashqari, sud qarori bilan sudlanuvchidan jabrlanuvchi tomon foydasiga 20 million so‘m moddiy va 120 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Samarqandda 14 yoshli qizni bosib ketgan haydovchi 6-yilga qamaldi | Zamon.uz