Jahon

Tolibon yuzini yopmagan va tor kiyingan ayollarni qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Hujjatda namoz ro‘molisiz, yuzi ochiq holda, tor kiyimlarda yoki pardoz qilib ko‘chaga chiqqan ayollar Tolibonning axloq nazoratchilari tomonidan qo‘lga olinishi qayd etilgan.

Tolibon yuzini yopmagan va tor kiyingan ayollarni qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida Tolibon ayollarning kiyinish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Mahalliy manbalar va Amu TV qo‘lga kiritgan hujjatga ko‘ra, belgilangan talablarga amal qilmagan ayollar hibsga olinishi mumkin.

 

Xabarga ko‘ra, Tolibonning Ezgulikka buyurish va yomonlikdan qaytarish boshqarmasi erkak oila a’zolarini ayollarning jamoat joylarida “to‘g‘ri hijob” qoidalariga rioya etishini ta’minlashga chaqirgan.

 

Hujjatda namoz ro‘molisiz, yuzi ochiq holda, tor kiyimlarda yoki pardoz qilib ko‘chaga chiqqan ayollar Tolibonning axloq nazoratchilari tomonidan qo‘lga olinishi va ayollar saqlash muassasalariga yuborilishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, ayollarning kiyinish qoidalariga rioya etishiga oila erkaklari javobgar hisoblanadi. Hujjatda qoidabuzarliklar sud organlariga yuborilish va boshqa huquqiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatma Tolibon vakillari ishtirokidagi yig‘ilishdan so‘ng qabul qilingan. Tarqalgan audioyozuvda yangi tartiblar 6-iyun kunidan kuchga kirishi aytilgan. Mahalla vakillari va masjid imomlariga aholini yangi talablar haqida ogohlantirish topshirilgan.

 

So‘nggi oylarda Hirotning Shahr-e Nav, 29 Hut aylanmasi, Bakrobod va Laylami yo‘li kabi hududlarida nazorat punktlari tashkil etilib, avtomobillar va taksilar tekshiruvdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan. Aholi vakillarining aytishicha, nazoratchilar ayrim ayollarning kiyimlarini Tolibon standartlariga mos emas deb baholagan.

 

Tolibon 2021-yilda hokimiyatga qaytganidan buyon ayollar va qizlarga nisbatan qator cheklovlarni joriy etgan. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda ayollarning ta’lim, mehnat va jamoat hayotidagi ishtirokini cheklovchi 100 dan ortiq farmon qabul qilingan.

 

Avvalroq, Tolibon yetakchisi tomonidan “Turmush o‘rtoqlarni ajratish tamoyillari” deb nomlangan 31 moddadan iborat hujjat tasdiqlangani, unda qizlar 12 yoshida turmushga chiqishlari mumkin va bunday nikohni bekor qilish deyarli imkonsizligi ma’lum qilingan edi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.