Jahon

Eron Isroilni yanada kuchli zarbalar bilan ogohlantirdi

Tehron Isroilning Livandagi amaliyotlari davom etsa, javob hujumlari yanada keskin va halokatli bo‘lishini ma’lum qildi.

Eron Isroilni yanada kuchli zarbalar bilan ogohlantirdi

 

Eron Qurolli Kuchlari Markaziy shtabi (“Xatam al-Anbiya”) rahbari Ali Abdullohiy Isroilni Janubiy Livanga uyushtirilayotgan hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Unga ko‘ra, agar harbiy amaliyotlar kengaytirilsa yoki Eronga qarshi harakatlar davom ettirilsa, Tehron tomonidan yanada kuchli va halokatli javob zarbalari berilishi mumkin. Bu haqda ISNA axborot agentligi xabar berdi.

 

Abdullohiyning ta’kidlashicha, Isroilning Janubiy Livan hamda Bayrutning Dahiya hududiga qaratilgan hujumlari mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. Eron tomoni bunday harakatlar davom etgan taqdirda nafaqat Isroilga, balki uning mintaqadagi ittifoqchilariga qarshi ham javob choralarini ko‘rishi mumkinligini bildirgan.

 

Avvalroq Isroil armiyasi Eron hududidan raketa uchirilgani aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan mamlakat shimolidagi qator hududlarda, jumladan Hayfa atrofida havo hujumi xavfi sabab ogohlantiruvchi sirenalar ishga tushirilgan.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.