Jahon

Rossiyada Putinni himoya qiluvchi maxsus kamera tizimi vaqtincha o‘chirib qo‘yildi — Financial Times

Bunday ehtiyot choralariga Isroil razvedkasining Eron hududidagi videokuzatuv tizimlaridan foydalangani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Rossiyada Putinni himoya qiluvchi maxsus kamera tizimi vaqtincha o‘chirib qo‘yildi — Financial Times

 

Rossiya xavfsizlik xizmatlari Vladimir Putin va uning eng yaqin atrofidagi mansabdor shaxslarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus videokuzatuv tizimining bir qismini vaqtincha o‘chirib qo‘ygan. Bu haqda Financial Times nashri vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur voqea Tehronda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning o'ldirilganidan keyin sodir bo'lgan. Rossiya maxsus xizmatlari zamonaviy kuzatuv tizimlari va videokameralar orqali yuqori martabali shaxslarning joylashuvi aniqlanishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

 

Manbalardan birining aytishicha, ushbu maxsus tizim Moskva bo‘ylab ishlayotgan qariyb 300 mingta kuzatuv kamerasidan alohida faoliyat yuritadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan tizim internet tarmog‘idan uzilib, qo‘shimcha tekshiruv va auditdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar yakunlangach, kameralar qayta ishga tushirilgan.

 

Financial Times yozishicha, bunday ehtiyot choralariga Isroil razvedkasining Eron hududidagi videokuzatuv tizimlaridan foydalangani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, Isroil maxsus xizmatlari yuqori martabali shaxslarning harakatlanishi va joylashuvini aniqlash uchun yo‘l kameralaridan olingan katta hajmdagi videoyozuvlardan foydalangan.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Financial Times’ning ushbu masala bo‘yicha savollariga javob bermagan. Biroq Federal xavfsizlik xizmati (FSB) direktori Aleksandr Bortnikov avvalroq mintaqaviy xavfsizlik organlari rahbarlarini zamonaviy videokuzatuv tizimlarining ehtimoliy zaifliklari haqida ogohlantirgani qayd etilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt va zamonaviy tahlil texnologiyalari yordamida videoyozuvlardan shaxslarning harakati, uchrashuvlari va marshrutlarini aniqlash imkoniyatlari keskin kengaygan. Bu esa xavfsizlik tizimlarini yangi tahdidlarga duchor qilmoqda.

 

Shu bilan birga, Financial Times bilan suhbatlashgan ukrainalik mustaqil xakerlardan biri Moskva va Kreml atrofidagi ayrim kuzatuv kameralari hanuz faol ishlayotganini hamda ularga muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirilayotganini da’vo qilgan.

 

Nashrning qayd etishicha, zamonaviy videoanalitika texnologiyalari videoyozuvlar bazasida matnli qidiruvni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, tizim orqali “ikki kishi sumka almashmoqda” yoki “qisqa vaqt ichida bir hududdan bir necha bor o‘tgan avtomobil” kabi so‘rovlar bo‘yicha qidiruv o‘tkazish mumkin.

 

Mutaxassislar fikricha, bunday texnologiyalar xavfsizlik va razvedka sohasida yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga, davlat rahbarlari va strategik ahamiyatga ega shaxslarning xavfsizligini ta’minlash masalasini ham yanada murakkablashtirmoqda.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.