Jahon

“Ehtiyot bo‘l, aks holda Eron bilan yolg‘iz qolasiz” — Tramp Netanyaxuni ogohlantirdi

AQSh prezidenti navbatdagi hujumlar sodir bo‘lsa, Vashington Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi.

“Ehtiyot bo‘l, aks holda Eron bilan yolg‘iz qolasiz” — Tramp Netanyaxuni ogohlantirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxuni Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi hamda zarurat tug‘ilganda Vashington Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirgan.

 

CNN'ga bergan intervyusida Tramp Netanyaxuga: “Harakatlaringda juda ehtiyot bo‘lishing kerak. Chunki juda tez orada Eron bilan yolg‘iz qolib ketishing mumkin”, deganini ma’lum qilgan.

 

AQSh prezidentining aytishicha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan besh davlat Isroil rahbariyatiga bosim o‘tkazish bo‘yicha undan yordam so‘ragan.

 

Tramp, shuningdek, Isroil tomonidan Eron hududiga uyushtirilgan ayrim harbiy amaliyotlar haqida AQSh tomoniga kech xabar berilganini ta’kidlagan.

 

“Isroilliklar bizga yangilangan ma’lumotlarni juda kech yetkazishdi. Ular allaqachon Eron tomon yo‘l olgan edi. Men hujum ko‘lamini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldim”, degan AQSh prezidenti.

 

Avvalroq Eron Isroil Mudofaa kuchlarining Bayrut chekkasiga uyushtirgan hujumidan so‘ng Isroil hududiga raketa zarbalari bergani haqida xabarlar berilgan edi. 

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.