O'zbekiston

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi

Yangi tartibga ko‘ra, ishlar faqat ekspertizadan o‘tgan bosqichma-bosqich loyiha asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi

 

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyulidan boshlab yangi obyektlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda amalga oshirish — ya’ni parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda Prezidentning 104-sonli farmonida belgilangan.

 

Hujjatga muvofiq, endilikda tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib doirasida tadbirkorlik subyektlari o‘z mablag‘lari hamda jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (ko‘p kvartirali uy-joylar bundan mustasno) bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich loyiha asosida bajarishi mumkin bo‘ladi.

 

Qurilish ishlari har bir bosqich bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilgach va inspeksiya tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng reja-grafik asosida boshlanadi. Jarayonlar “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali doimiy monitoring qilinadi.

 

Shuningdek, byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda ham ushbu tartib faqat Prezident va Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari asosida joriy etilishi mumkin.

 

Farmonga ko‘ra, Vazirlik va inspeksiya tomonidan 2027-yil yakuniga qadar tajriba-sinov natijalari tahlil qilinib, tizimni kengaytirish bo‘yicha takliflar Hukumatga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ayrim davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlarni ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq, qurilish sohasida korrupsiya xavfini kamaytirish maqsadida “sirli mijoz” mexanizmi joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"