Jinoyat

O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 8 kishi qamaldi

Ular yuborgan pullar Falastindagi jabr ko‘rganlarga emas, Suriyadagi terroristik guruhlar ehtiyoji uchun sarflangani aniqlangan.

O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 8 kishi qamaldi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida terrorizmni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri hamda Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi, 1987–1998-yillarda tug‘ilgan 8 nafar fuqaro Suriyada faoliyat yurituvchi “G‘uroba katibasi” terroristik tashkilotining media-blogeri, Qirg‘iziston fuqarosi Abdulmuhsin Usmonov ta’siriga tushib, uning nazoratidagi hisob-raqamlarga pul mablag‘lari o‘tkazib kelgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, “Saad Muxtor” taxallusi bilan tanilgan Abdulmuhsin Usmonov “Telegram” messenjeri orqali Falastinda jabrlangan musulmonlarga yordam ko‘rsatish bahonasida xayriya mablag‘larini yig‘gan. 

 

Biroq to‘plangan mablag‘lar Suriyadagi terroristik guruhlar ehtiyojlari uchun sarflangani aniqlangan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, ushbu jinoyatga aloqador deb topilgan 7 nafar shaxs 3 yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Yana bir nafar sudlanuvchiga esa 4 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Jinoyat Kodeksining 155-3-moddasiga ko‘ra, terrorizmni moliyalashtirish 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.