Jahon

Qirg‘izistonda terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan 31 kishi qo'lga olindi

Operatsiya davomida qurol-yarog‘, ekstremistik adabiyotlar va naqd pul musodara qilindi.

Qirg‘izistonda terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan 31 kishi qo'lga olindi

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) tomonidan O‘sh va Botken viloyatlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi davomida terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotgan 31 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda For.kg nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, maxsus tadbirlar 9-iyun kuni amalga oshirilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar “Katiba at-Tavhid val-Jihod” hamda IShID terrorchilik tashkilotlari bilan aloqador bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va diniy yetakchilarga qarshi terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan.

 

Operatsiya natijasida O‘sh viloyatida 11 nafar, Botken viloyatida esa 20 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

 

Tintuvlar davomida diniy-ekstremistik mazmundagi materiallar, to‘rtta o‘qotar qurol hamda naqd pul mablag‘lari musodara qilingan.

 

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari hozirda qo‘lga olinganlarning ehtimoliy sheriklarini aniqlash, shuningdek, guruhning moliyalashtirish manbalari va aloqalarini o‘rganish bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.