Jinoyat

Toshkentda ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Jabrlanuvchi ayolga himoya orderi berildi.

Toshkentda ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ikki haydovchi o‘rtasida yuzaga kelgan janjal ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Voqea aks etgan videoda erkak haydovchining ayolni haqorat qilayotgani hamda uning telefonini tortib olishga uringani ko‘ringan.

 

Poytaxt IIBB ma’lum qilishicha, hodisa 8-iyun kuni Uchtepa tumanidagi Haqiqat ko‘chasida sodir bo‘lgan. 41 yoshli Nexia 3 haydovchisi M.Sh. va 34 yoshli T.F. o‘rtasida yo‘l harakati jarayonida kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng erkak haydovchi jamoat joyida haqoratomuz so‘zlar ishlatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

 

Holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Sud jarayonida jabrlanuvchi ayol voqeadan so‘ng ruhiy bosimni boshidan kechirganini bildirgan. Shuningdek, unga himoya orderi berilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, sudda so‘zga chiqqan erkak haydovchi o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirib, jabrlanuvchidan kechirim so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytgan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.