Jahon

Ukraina dronlar bilan Rossiya tarix muzeyiga zarba berdi

Hozircha qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ukraina dronlar bilan Rossiya tarix muzeyiga zarba berdi


 
Ukraina dronlari Rossiya nazorati ostidagi Qrimning Sevostopol shahridagi tarixiy muzeyga zarba berdi. Hozircha qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Bu haqida Reuters xabar qildi.


 
Qayd etilishicha, Qrim ma’muriyati dron hujumlari sabab tungi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritgan. Bu qaror bir necha kun avval dron zarbasi oqibatida poyezd mashinisti yordamchisi halok bo‘lganidan keyin qabul qilingan.


 
10-iyun kuni ertalab Sevastopol hududida havo hujumi haqida ogohlantirish e'lon qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya hududlari, shuningdek, Qora dengiz va anneksiya qilingan Qrim ustida 326 ta Ukraina dronlari yo'q qilinganini xabar qilgan.


 
Sevostopol gubernatori Mixail Razvojayev muzeyning tom qismi yonganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 80 dan ortiq odam va 22 ta texnika jalb qilingan.


 
“Vahshiylar biz uchun qadrli narsalarga hujum qilib, tariximizni yo‘q qilishga harakat qilmoqda. Bizni bu bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Sizlar faqat butun dunyoga o‘z yomon tarafingizni ko‘rsatyapsiz”, deya yozgan Mixail Razvojayev o‘zining Telegram kanalida.


 
Ma’lumot uchun, muzey 1853-1856-yillardagi Qrim urushiga bag‘ishlangan. Mazkur urushda Rossiya imperiyasi Usmonli imperiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya va Sardiniya qirolligidan iborat koalitsiyaga qarshi jang qilib, mag‘lub bo‘lgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"