Jahon

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladi

Yangi tartib jabrlanuvchilarning ruhiy holatini himoya qilishga qaratilgan.

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladi

 

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik va jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilish uchun ayol tergovchilar tayinlanadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Adilov ma’lum qildi deydi Kazinform.

 

Qayd etilishicha, yangi amaliyotning asosiy maqsadi jabrlanuvchilarning qo‘shimcha ruhiy bosim va psixologik travmaga duch kelishini kamaytirish, shuningdek, tergov organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashdan iborat.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi majburiy nikoh bilan bog‘liq jinoyatlarni qo‘llash mexanizmlariga ham izoh bergan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bunday holatlarda jabrlanuvchi ayol ham, erkak ham bo‘lishi mumkin. Biroq shunchaki nikohga undash yoki taklif qilish jinoyat sifatida baholanmaydi.

 

Ma’lum qilinishicha, jinoyat tarkibi yuzaga kelishi uchun tahdid, bosim yoki zo‘ravonlik alomatlari mavjud bo‘lishi kerak. Aks holda, bunday munosabatlar fuqarolik-huquqiy masala sifatida ko‘riladi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha Qozog‘istonda majburiy nikoh bo‘yicha birorta ham jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda majburiy nikoh 2025-yil sentabr oyidan boshlab jinoyat sifatida belgilangan.

 

Bundan tashqari, Qozog‘istonda ta’qib qilish (stalking) uchun ham jinoiy javobgarlik joriy etilgan bo‘lib, joriy yilning o‘zida mazkur turdagi 83 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

Uning fikricha, sun’iy yo‘ldoshlarning yo‘q qilinishi kosmosda katta miqdordagi chiqindilar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Eron Isroil saylovlari arafasida hujum uyushtirishi mumkin — Netanyaxu

Eron Isroil saylovlari arafasida hujum uyushtirishi mumkin — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri ehtimoliy hujumga kuchli javob qaytarilishini bildirdi.

“Tinchlik kelishuvi bo‘lmasa, 200 foizlik boj” — Tramp

“Tinchlik kelishuvi bo‘lmasa, 200 foizlik boj” — Tramp

AQSH prezidenti tariflar sakkizta mojaroni tugatishga yordam berganini aytib, bu yondashuvni Rossiya va Ukrainaga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini bildirdi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.