Jinoyat

Samarqand va Namanganda profilaktika inspektorlari pora bilan ushlandi

Bir inspektor sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilgan, boshqa biri esa fuqaroga nisbatan arizani ko‘rib chiqmagan va noqonuniy faoliyatiga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan.

Samarqand va Namanganda profilaktika inspektorlari pora bilan ushlandi

Samarqand va Namanganda ikki profilaktika inspektori korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektori mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar organi xodimini tizimga qayta ishga tiklashda yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yana bir holatda Namangan viloyatining Chust tumani IIB profilaktika inspektori 1994-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan kelib tushgan arizani ko‘rib chiqmasdan qoldirganini ro‘kach qilib, undan 2 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan. U joriy yil fevral oyida ushbu mablag‘ning 700 dollarini olgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, inspektor noqonuniy harakatlarini davom ettirib, fuqarodan qolgan 1300 dollarni hamda kelgusida uni O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi orqali chorva mollarini noqonuniy olib o‘tishda qo‘llab-quvvatlash evaziga yana 2 ming dollar talab qilgan. Shu tariqa u jami 3300 AQSH dollari olishni ko‘zlagan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda profilaktika inspektori so‘ralgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Mazkur holat bo‘yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 va 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"