Jahon

Jenevada AQSh–Eron kelishuvi imzolanishi kutilmoqda

Diplomatik manbalarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichga yetgan.

Jenevada AQSh–Eron kelishuvi imzolanishi kutilmoqda

 

AQSh va Eron o‘rtasida muhim memorandum imzolanishi kutilmoqda. Axios nashri jurnalisti Barak Ravidning xabardor manbaga tayanib ma’lum qilishicha, AQSh Harbiy-havo kuchlari Shveytsariyaning Jeneva shahriga ehtimoliy imzolash marosimi uchun zarur uskunalarni yetkazishni boshlagan.

 

Ma’lum qilinishicha, agar memorandum imzolanishi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilsa, marosimda AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens ham ishtirok etishi mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, AQSh va Eron vakillari hujjat matni yuzasidan dastlabki kelishuvga erishgan. Biroq memorandum kuchga kirishi uchun tomonlarning yakuniy roziligi va rasmiy tasdig‘i talab etiladi.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni tugatishga qaratilgan “katta kelishuv” tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, hujjatlar deyarli tayyor bo‘lib, imzolash marosimi Yevropada o‘tkazilishi mumkin.

 

Shuningdek, Tramp muzokaralar yuqori bosqichga chiqqani sababli Eronga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalar bekor qilinganini bildirgan. Hozircha kelishuv yuzasidan AQSh va Eron tomonidan yakuniy rasmiy bayonot berilmagan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"