O'zbekiston

O‘zbekistonda “voyenkomat”lar tugatilayotgani yo‘q — Mudofaa vazirligi

Vazirlik mamlakatda mudofaa ishlari organlari faoliyati tugatilmayotganini, aksincha, tizim zamonaviy talablar asosida takomillashtirilayotganini bildirdi.

O‘zbekistonda “voyenkomat”lar tugatilayotgani yo‘q — Mudofaa vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda mudofaa ishlari bo‘limlari (“voyenkomat”lar) bosqichma-bosqich tugatilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirib, rasmiy munosabat bilan chiqdi.

 

8-iyun kuni prezidentga mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazilgan. Unda mudofaa ishlari organlari faoliyatini raqamlashtirish, ularni elektron hukumat tizimi bilan integratsiya qilish, ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqilgan.

 

Taqdimotda harbiy hisobga olish, tibbiy va chaqiruv komissiyalari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslar ham muhokama qilingan. Xususan, 16 yoshga to‘lib, ID-karta olgan o‘g‘il bolalar haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olish va ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish amaliyotini bekor qilish, tibbiy ko‘riklarni esa tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida tashkil etish taklif etilgan.

 

Mudofaa vazirligi mamlakatda mudofaa ishlari organlari faoliyati tugatilmayotganini, aksincha, tizim zamonaviy talablar asosida takomillashtirilayotganini ta’kidladi. Vazirlikka ko‘ra, raqamli xizmatlarni joriy etishdan maqsad byurokratik jarayonlar va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytirishdan iborat.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"