Jahon

Tramp Eronga rejalashtirilgan zarbalar bekor qilinganini ma’lum qildi

Zarba berish rejalari bekor qilingan bo‘lsa-da, dengiz blokadasi hozircha saqlanib qoladi.

Tramp Eronga rejalashtirilgan zarbalar bekor qilinganini ma’lum qildi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalar bekor qilinganini ma’lum qildi hamda Tehron bilan kelishuv imzolash imkoniyati saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

 

Trampning bildirishicha, Eron bilan olib borilgan muzokaralar mamlakat rahbariyatining eng yuqori darajasida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. Shu sababli AQSH tomonidan rejalashtirilgan hujum va bombardimonlar to‘xtatilgan.

 

“Bugun kechqurun Eronga rejalashtirilgan hujumlar va bombardimonlarni bekor qildim”, — deb yozgan AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar doirasida shakllantirilgan yakuniy yondashuvlar tomonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Biroq ehtimoliy kelishuvning mazmuni va shartlari hozircha oshkor qilinmagan.

 

Tramp kelishuvni imzolash sanasi va joyi yaqin kunlarda ma’lum qilinishini bildirgan. Shu bilan birga, Eron portlariga nisbatan joriy etilgan dengiz blokadasi yakuniy kelishuv rasmiylashtirilguniga qadar saqlanib qolishini qayd etgan.

 

AQSH prezidenti mazkur bayonotni Eronga nisbatan “juda qattiq zarba” berilishi mumkinligi hamda mamlakatning asosiy neft infratuzilmasi ustidan nazorat o‘rnatilishi haqida bergan avvalgi bayonotlaridan bir necha soat o‘tib e’lon qilgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"