Jinoyat

Toshkentda noqonuniy qurol sotgan shaxslar ushlandi

Sergeli tumanida ruxsatnomasiz saqlanib, bir necha bor sotilgan pnevmatik qurol aniqlandi. Holat yuzasidan to‘rt nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.

Toshkentda noqonuniy qurol sotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida pnevmatik qurolni noqonuniy ravishda saqlash va uning oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Sergeli tumani IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolardan birining xonadonida pnevmatik qurol saqlanayotgani aniqlangan.

 

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ushbu qurol tegishli hujjatlarsiz to‘rt nafar fuqaro o‘rtasida bir necha bor oldi-sotdi qilingani ma’lum bo‘lgan. Qurol oxirgi xaridorning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga asosan pnevmatik qurollar fuqaroviy qurol tasnifiga kiradi va ularni saqlash uchun tegishli ruxsatnoma talab etiladi. Aniqlangan fuqarolar esa qurolni hech qanday ruxsatnomasiz sotib olgan va saqlab kelgan.

 

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-1-moddasi bilan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

 

Shuningdek, qonunchilikka muvofiq, pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish hamda o‘zini o‘zi himoya qilish qurollarini ixtiyoriy ravishda topshirgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi eslatib o‘tildi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.