Jahon

Tramp Isroilning Livanga qilgan hujumini qoraladi

AQSH va Eron o‘rtasida muhim kelishuv imzolanishi kutilayotgan bir paytda Isroilning Bayrutga bergan zarbasi diplomatik jarayonlarga soya solgani aytilmoqda.

Tramp Isroilning Livanga qilgan hujumini qoraladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Bayrut janubiga bergan zarbasi Eron bilan tinchlik kelishuviga erishish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirib, hujum “bo‘lmasligi kerak edi” dedi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Shu bilan birga, Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi kelishuv deyarli tayyor ekanini ta’kidladi.

 

“Biz mintaqaga, jumladan, Livanga tinchlik olib keladigan kelishuvga juda yaqinmiz. Barcha tomonlar to‘xtashi kerak. Livanda Isroilning boshqa hujumlari bo‘lmasligi kerak, lekin Hizbulloh kabi boshqa kuchlar tomonidan Isroilga qarshi hujumlar ham bo‘lmasligi kerak. Bu uzoq va go‘zal tinchlikning boshlanishi bo‘lishi mumkin - keling, bu imkoniyatni buzmaylik”, dedi Tramp.

 

Trampning bayonoti Isroilning Livandagi “Hizbulloh” nishonlariga bergan zarbasi ortidan yangradi. Eron rasmiylari ushbu hujumni AQSHning o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligining belgisi sifatida baholadi va javob choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

 

Reuters manbalariga ko‘ra, AQSH va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan kelishuv loyihasi muzlatilgan 25 milliard dollarlik Eron aktivlarini bo‘shatish, neft eksportiga qo‘yilgan ayrim cheklovlarni yumshatish hamda Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishni nazarda tutadi. Evaziga Tehron yadro quroli yaratmaslik va yadro dasturini cheklash bo‘yicha majburiyatlar olishi kerak.

 

Biroq Tehron hali hujjat bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirgan. Isroilning Livandagi so‘nggi harbiy amaliyoti esa muzokaralarning istiqboli borasidagi noaniqliklarni yanada kuchaytirmoqda. Urush va diplomatik sa’y-harakatlar fonida mintaqadagi keskinlik yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"