O'zbekiston

Navoiyda savdo do‘konlari va omborxona yonib ketdi

Yong‘in qurshab olinganidan so‘ng qariyb bir soat ichida to‘liq bartaraf etildi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Navoiyda savdo do‘konlari va omborxona yonib ketdi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida savdo do‘konlari va omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 16-iyun kuni soat 18:35 da tumanning “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “El Baraka Ul Haq” MChJ hamda “Lider Bazar” YaTTga tegishli oziq-ovqat va qurilish mollari savdo do‘konlari hamda omborxonasi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 18:38 da yetib borib, soat 19:06 da alangani qurshab olgan. Hodisani bartaraf etishga Uchquduq tumani FVB, NKMK AJ va “Navoiyuran” DKning jami olti ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Yong‘in soat 20:05 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida savdo va qurilish mollari do‘konlarining qariyb 300 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Shu bilan birga, savdo obyektlarining 2 ming kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.