Jahon

Messining otasi vafot etdi — teleboshlovchi

Xorxe Messining o‘limi haqidagi xabar tasdiqlanmadi, uni tarqatgan boshlovchi esa ishdan ketishini ma’lum qildi.

Messining otasi vafot etdi — teleboshlovchi

 

Argentinaning Luzu TV telekanali boshlovchisi Pena futbolchi Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti haqida asossiz ma’lumot tarqatgani uchun omma oldida uzr so‘radi va o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Luzu TV’ning El Show del Verano dasturi efirida Pena Xorxe Messi vafot etgani va bu sababli Lionel Messi Jahon chempionatini tark etishga majbur bo‘lishi mumkinligini aytgan. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu ma’lumot tasdiqlanmagani ma’lum bo‘lgan.

 

18-iyun kuni teleboshlovchi rasmiy bayonot bilan chiqib, yo‘l qo‘yilgan xato uchun Messi oilasidan uzr so‘ragan. U mazkur ma’lumotni jonli efir vaqtida dastur prodyuserlari tomonidan tasdiqlangan xabar sifatida qabul qilgani, biroq xatodagi o‘z mas’uliyatini ham tan olishini bildirgan.

 

“Messi oilasi boshdan kechirayotgan og‘ir vaziyatda qo‘shimcha tashvish manbaiga aylanganimdan juda uyalaman. Xatodagi o‘z hissam uchun javobgarlikni zimmamga olaman va shu sababli Luzu TV’dagi faoliyatimni to‘xtatishga qaror qildim”, — degan Pena.

 

Shuningdek, Luzu TV rahbariyati mazkur voqea yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotganini va dastur jamoasidagi bir qator xodimlar bilan ham xayrlashilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

 

Avvalroq, Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida Jazoirga qarshi bahsda gol urganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyolmagani ortidan uning otasi Xorxe Messining salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Messi oilasi Xorxe Messining vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Britaniyaning Radio Caroline radiostansiyasi efir vaqtida texnik xatolik tufayli qirol Charlz III vafoti haqida noto‘g‘ri xabar e’lon qilingandi. Keyinchalik stansiya mazkur holat yuzasidan tinglovchilar hamda qirollik oilasidan rasman uzr so‘ragan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"