Jahon

Tolibon Pokiston hududidagi ISHID nishonlariga zarba berganini ma’lum qildi

Tolibon zarbalar oqibatida guruhning yetakchi shaxslari yo‘q qilinganini bildirdi.

Tolibon Pokiston hududidagi ISHID nishonlariga zarba berganini ma’lum qildi

Tolibon Mudofaa vazirligi Afg‘oniston bilan qo‘shni Pokiston hududida ISHIDga aloqador deb ta’riflangan bir qator nishonlarga havo zarbalari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Amu TV xabar berdi.

 

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, operatsiya Balujiston va Xayber-Paxtunxva viloyatlarida joylashgan obyektlarni nishonga olgan. Xususan, Balujistonning Qila Abdulla tumanidagi Guliston hududi hamda Chagayi tumanidagi Shakarab hududida joylashgan ISHID-Xuroson (ISIS-K)ga tegishli deb ko‘rsatilgan obyektlar zarbaga uchragani bildirilgan.

 

Tolibon idorasi ushbu hududlar Afg‘oniston ichida rejalashtirilayotgan hujumlar uchun foydalanilganini iddao qilgan.

 

Shuningdek, Xayber-Paxtunxva viloyatining Orakzay tumani hududida ham qo‘shimcha nishonlarga zarba berilgani, ular ham ISIS-K bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.

 

Tolibon zarbalar oqibatida guruhning “yetakchi shaxslari” yo‘q qilinganini da’vo qilgan, biroq bu borada hech qanday dalil yoki tasdiqlovchi ma’lumot taqdim etmagan.Pokiston hukumati mazkur holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.

 

Mazkur bayonot Tolibon va mintaqaviy davlatlar o‘rtasida ISIS-K faoliyati borasidagi uzoq yillik qarama-qarshiliklar fonida e’lon qilindi. BMT va bir qator xalqaro tashkilotlar Afg‘onistonda ISIS-K mavjudligi hamda uning mintaqa va undan tashqarida hujumlar uyushtirish salohiyati borasida muntazam xavotir bildirib keladi.

 

BMT monitoring hisobotlarida ushbu guruh Tolibonning aksilterror operatsiyalariga qaramay Afg‘oniston hududida faoliyatini davom ettirayotgani qayd etilgan.

 

Tolibon esa ISIS-K tahdidini ichki xavfsizlik nuqtayi nazaridan nisbatan past baholab, guruhning asosiy tayanch nuqtalari Pokiston hududida joylashganini ta’kidlab keladi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"