O'zbekiston

Migratsiya agentligi rahbari "Koreya ishi" ga aloqadormi?

Migratsiya agentligi tarmoqlarda agentlik rahbariga oid tarqalgan audio va video xabarlarga munosabat bildirdi.

Migratsiya agentligi rahbari "Koreya ishi" ga aloqadormi?

Migratsiya agentligi so‘nggi kunlarda ayrim Telegram-kanallar va internet resurslarida agentlik rahbariyati hamda xodimlariga nisbatan tarqatilayotgan xabarlar tekshirilmagan va haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlar ekanini ma’lum qildi.

 

O‘zini Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov deb tanishtirgan shaxs Telegram’dagi “Koreya 24 soat” kanalida agentlikning amaldagi va sobiq rahbarlariga oid qator postlarni e’lon qildi.

 

“Koreya 24 soat” kanalidagi postlarda Migratsiya agentligining sobiq rahbari Afzal Ermatov pandemiya davrida Janubiy Koreyaga ishchilarni yuborish uchun sun’iy navbatlar tashkil etgani, ayrim fuqarolardan qo‘shimcha mablag‘lar undirgani va imtihon jarayonlariga noqonuniy aralashuv bo‘lgani haqidagi da’volar ilgari surilgan.

 

Shuningdek, amaldagi direktor Behzod Musayevga nisbatan ham qator ayblovlar bildirilgan. Xususan, xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish jarayonlari, Koreyaga ishchi yuborish tizimi va ayrim shaxsiy topshiriqlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan iddaolar keltirilgan.

 

Telegram-kanalda ushbu da’volarni tasdiqlovchi hujjatlar, Telegram’dagi yozishmalar hamda audioyozuvlar e’lon qilingan. 

 

Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida tug‘ilgan 35 yoshli Azizbek Toshtemirov firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. U avval Migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

 

Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha barcha holatlarga huquqiy baho berilishi qayd etildi.

 

Rasmiy bayonotda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga oid ma’lumotlar faqat ishonchli dalillar hamda rasmiy manbalar asosida baholanishi lozimligi ta’kidlangan.

 

Shuningdek, internet tarmoqlarida shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish, sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi axborotlarni e’lon qilish hamda jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan harakatlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rilishi bildirildi.

 

Migratsiya agentligi o‘z faoliyatini ochiqlik, qonuniylik va javobgarlik tamoyillari asosida davom ettirayotganini, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda holatlarga oydinlik kiritilishini ta’minlashini ma’lum qildi.

 

Agentlik jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillarini axborot tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, may oyida Bosh prokuratura huzuridagi departament o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etilganini ma’lum qilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sxema orqali fuqarolardan 100 million dollardan ortiq mablag‘ noqonuniy undirilgan.

 

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.