Jahon

Rossiya maktablarida arab tili o'qitiladi

Ta’lim vazirligi arab tilini o‘qitish dasturini tasdiqladi, darslar 1-sentabrdan boshlanadi.

Rossiya maktablarida arab tili o'qitiladi

 

Rossiyada 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab maktablarda arab tilini o‘qitish dasturi joriy etiladi. Bu haqda Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravtsov Moskva viloyatidagi Primakov nomidagi gimnaziyada joylashgan Shayxa Fotima bint Muborak ta’lim markaziga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

 

Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, arab tilini o‘qitish bo‘yicha dastur tasdiqlangan bo‘lib, u 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.

 

Yig‘ilishda Birlashgan Arab Amirliklari ta’lim vaziri Sara bint Yusef al-Amiri hamda BAAning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ahmad Aljaber ishtirok etgan. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik va Shayxa Fotima bint Muborak ta’lim markazi faoliyatini muhokama qilgan.

 

Sergey Kravtsovning ta’kidlashicha, Rossiyada uch yildan buyon arab tili bo‘yicha olimpiada o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, markaz faoliyati doirasida rus xalq ertaklari, Rossiya haqidagi kitoblar va rus adiblarining asarlari arab tiliga tarjima qilingan hamda BAAga taqdim etilgan.

 

Rossiya Ta’lim vazirligi qayd etishicha, mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini kengaytirish, rus va arab tillarini rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.