Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini qabul qildi

Diplomatik missiyasini yakunlayotgan Guseyn Guliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini qabul qildi

 

Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni O'zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjonning Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

 

Uchrashuvda davlat rahbari elchining O‘zbekistondagi samarali faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi.

 

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Oliy va boshqa darajalarda muntazam muloqotlar yo‘lga qo‘yilib, savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada faollashdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar oshdi, Ozarbayjon kapitali ishtirokida 280 ta korxona tashkil etildi hamda Qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Shuningdek, geologiya, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalari amaliy bosqichga kirgani ta’kidlandi. Madaniy-gumanitar sohada ham qator qo‘shma dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun elchi Guseyn Guliyevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirladi.

 

Ozarbayjon elchisi, o‘z navbatida, diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun O‘zbekiston rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.